Izboskan tumani 5-umumta'lim maktabining 4-sinf o'quvchilari axborot -kutubxona markaziga sayohat uyushtirdilar. Dastlab o'quvchilar kutubxonadan joy olgan turli mavzulardagi adabiyotlar bilan tanishdilar. O'quvchi yoshlarning bilimlarini sinash maqsadida "Qani kitobxon bilimimgni sinab boq" nomli mashg'ulot o'tkazildi. Bunda o'quvchilar uchun qiziqarli tezkor savollar, topishmoqlar va badiiy adabiyotlar bo'yicha savollar berildi. Kitobxonlarning kutubxonaga tashrifi maroqli o'tdi va ularning kitob o'qishga bo'lgan qiziqishlarini oshishiga turtki bo'ldi. Sayohatda 21 nafar o'quvhchilar ishtirok etdi.




Ijtimoiy tarmoqlarga a'zo bo'ling!
Yangiliklar va xabarlardan birinchi bo'lib xabardor bo'ling